Foydalanish qoidalari

CardXabar botdan foydalanish qoidalari

 

1. Telegram messendjerga kiring va qidirish satriga @CardXabarBot deb yozing. Ro’yxatda @CardXabarBot tanlang va ustiga bosing.

2. «Start»ni bosing.

3. Telegram-botdan foydalanish uchun tilni tanlang.

4. «Uzcard» bank kartalari bog’langan telefon raqamingizni kiriting. Sizning raqamingizga ro’yxatdan o’tish uchun SMS-xabar ko’rinishida kod yuboriladi. Tasdiqlash uchun yuborilgan kodni kiriting.

5. Botdan foydalanish uchun ommaviy taklif bilan tanishib chiqish lozim. Agar Siz barcha shartlarga rozi bo’lsangiz, “Qabul qilish” tugmasini bosing.

6. Tranzaksiyalar haqida xabarlarni qabul qilish turini tanlang:

- Faqat Telegram. Ushbu turni tanlaganingizda barcha xabarlar Telegramga yuboriladi.

- Telegram va SMS. Ushbu turni tanlaganingizda xabarlar bir vaqtda SMS-xabar va Telegram-bot orqali yuboriladi. Abonent to’lovi SMS-xabar va Telegram-bot uchun yechiladi.

- Faqat SMS orqali. Ushbu turni tanlaganingizda to’lov tranzaksiyalari haqida xabarlar faqat SMS-xabar orqali yuboriladi.

*Bepul sinov muddati (5 kun). Bepul muddat tugaganidan so’ng xabarlarni yuborish turlaridan birini tanlash va ulash lozim.

7. Telegram-bot xizmatlariga abonent to’lovi uchun bank kartasini tanlang.To’lov kiritilgan muddat tugaganidan so’ng bot o’chadi va avtomatik tarzda SMS-xabar yoqiladi. Telegram-bot o’chib qolmasligi uchun “Avtoto’lov” xizmatini yoqish lozim.

Ro’yxatdan o’tgandan so’ng bot funksionali bilan tanishing:

- Karta balansi.

Bog’langan bank kartalarining umumiy va har bir kartaning alohida balansini ko’rish imkoni.

- Monitoring.

Kartani tanlab, Siz belgilagan muddat davomida to’lovlar tarixini ko’ra olasiz. Yanada ko’proq qulaylik kiritish uchun ma’lumotlarni “Excel” dasturiga o’tkazish mumkin.

- Ma’lumot.

Ushbu bo’limda obuna bo’lganlik holatini, amal qilish muddati, xizmatga ulanish va avtomatik to'lov usullari haqida bilib olish mumkin.

- Murojaat qiling.

Agar xatoliklar yuzaga kelsa, bizga takliflar bilan murojaat qilishingiz, savollar berish yoki ushbu raqam orqali bog’lanishingiz mumkin: +99871 203-57-75. Texnik yordam bo’limi Sizning xabaringizni ko’rib chiqadi va zaruriyat tug'ilganida Siz bilan bog'lanishadi.

Texnik muammolar kelib chiqsa, avtomatik tarzda SMS-xabarnoma yoqiladi. Ushbu davrda Telegram-bot orqali barcha o'tgan va tushmagan tranzaksiyalar avtomatik ravishda yoqiluvchi SMS-xabar shaklida yuboriladi. Shunday qilib, Siz doim xarajatlar va bank kartasidagi balans haqida xabardor bo’lasiz.

*“Faqat Telegram orqali” xizmati tanlanganda, raqamdan SMS-xabar o’chiriladi, pul mablag’i yechilmaydi.

*Telegram-bot uchun abonent to'lovi narxi oyiga 1000 so'm.

Заказать звонок