31.01.2025 y.
OMMAVIY OFERTA
"Telegram-bot orqali SMS-xabar berish" (CardXabar) xizmatlarini ko‘rsatishga
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobiga muvofiq, ushbu hujjat "PLUM TECHNOLOGIES" AJning UZCARD plastik bank kartalari egalari bo‘lgan jismoniy shaxslarga "Telegram-bot orqali SMS-xabar berish" (CardXabar) xizmatidan foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi rasmiy yozma taklifi hisoblanadi.
"Telegram-bot orqali SMS-xabar berish" (CardXabar) xizmati "PLUM TECHNOLOGIES" AJ tomonidan taqdim etiladi.
Xizmatga haq to‘lash va/yoki buyurtma berish orqali bank kartasi egasi to‘lov paytida amalda bo‘lgan ushbu Oferta shartlariga to‘liq va so‘zsiz rozilik bildiradi, bu esa shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga olgan Oferta shartlarining to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishini anglatadi.
Oferta shartlariga rozilik bildirish va mos ravishda uning shartlarini qabul qilish bank kartasi egasi tomonidan Telegram-bot orqali Xizmatni faollashtirish orqali amalga oshiriladi.
Xizmat doirasidagi interfeys funksiyalari faqat bank kartasi egasi uchun va faqat bank kartasi egasi tomonidan faollashtirilgan bank kartalari bo‘yicha mavjud. Faollashtirish uchun maksimal kartalar soni - 10. Kartalarni faollashtirish holatini o‘zgartirishni oyiga bir marta amalga oshirish mumkin.
1. TUSHUNCHALAR VA ATAMALAR
1.1. Ijrochi – yuridik shaxs – «PLUM TECHNOLOGIES» aksiyadorlik jamiyati, Telegram-bot ishlashini axborot va texnologik jarayonini ta’minlaydi va qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi.
1.2. Bank kartasi egasi – jismoniy shaxs, O'zbekiston Respublikasi tijorat bankining mijozi, uning nomiga UZCARD bank kartasi chiqarilgan yoki mijoz tomonidan vakolat berilgan shaxs, ushbu bank kartasidan mijozning O'zbekiston Respublikasi tijorat banki bilan kelishuvi asosida foydalanadi.
1.3. Bank kartasi – O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan bank kartasi, unga ishlov berishni “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” AJ amalga oshiradi.
1.4. "Telegram-bot orqali SMS-xabar berish" (CardXabar) xizmati (keyingi o'rinlarda – xizmat) – Ijrochi tomonidan amalga oshiriladigan axborot texnologiyalari echimlari to'plamidir, bunda bank kartasi egasi Telegram-bot ichidagi texnik o'zaro ta'sir orqali karta hisobraqamidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
1.5. Telegram-bot – bu Ijrochi tomonidan UZCARD to'lov tizimi bilan birgalikda amalga oshiriladigan va Telegram ilovasida mavjud bo'lgan, shuningdek Xizmatdan foydalanish interfeysi mavjud bo’lgan (keyingi o'rinlarda - Xizmat interfeysi) va quyidagi manzilda joylashgan: a) https://t.me/CardXabarBot b) @CardXabarBot.
1.6 Paket - tegishli limitga qarab Ijrochining Xizmatlari narxi. Limit 1 birlikka oshganda, boshqa Paketga to‘g‘ri keladigan umumiy summa bo‘yicha, Ijrochi limitdan oshgan bank kartasi egasidan Paket qiymatidagi farqni undiradi va Paketning o‘zgarishi Ijrochining tizimida aks ettiriladi. Ushbu paket o‘zgarishi hisobot oyining oxirigacha amal qiladi. Yangi oy boshlanishi bilan "Start" paketi amal qiladi.
2. AKSEPTLASH TARTIBI
2.1. Xizmatni ulash va undan keyingi foydalanish uchun bank kartasi egasi o'z uyali aloqa vositasi yoki boshqa tarzda Xizmat interfeysi orqali («Telegram» dasturini o'rnatish yoki veb-interfeysidan foydalangan holda) tegishli interfeysning ko'rsatmalariga binoan
(a) Xizmatni ulash kerak bo'lgan mobil telefon raqamini biriktiradi (kiritadi);
(b)Xizmatni ulash kerak bo'lgan mobil telefonining aloqa raqamini yuboradi.
(c) Foydalanuvchi SMS-xabarnoma kelishi orqali amalga oshiriladigan OTP kodini tasdiqlaganidan keyin ushbu ommaviy oferta shartlariga rozi bo'ladi.
2.2. Foydalanuvchi Shartnoma tuzilgan paytdan boshlab kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga o'tkazishi mumkin emas.
3. SHARTNOMA PREDMETI
3.1 Ijrochi bank kartasi egalariga Telegram-bot orqali SMS-xabarnoma xizmatini taqdim etadi, uning yordamida bank kartasi egasi bank kartasi orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumot olishi, shuningdek, Xizmat interfeysi funksionalida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
3.2 Bank kartasi egasi ushbu Shartnomada belgilangan shartlar va tartibga muvofiq Xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
4. TELEGRAM-BOT ORQALI XIZMAT KO’RSATISH VA TO'LOVNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
4.1. Ijrochining xizmatlar narxi quyidagicha belgilanadi:
№ |
Paket nomi |
Limit |
Obuna narxi (so’m) |
1. |
START |
0 dan 250 gacha |
5 000,00 |
2. |
SILVER |
251 dan 500 gacha |
15 000,00 |
3. |
GOLD |
501 dan 2000 gacha |
30 000,00 |
4. |
PLATINUM |
2001 dan 20 000 gacha |
100 000,00 |
5. |
INFINITE |
20 001 dan |
500 000,00 |
4.2. Ushbu Ofertaning 4.1-bandiga muvofiq, birinchi to‘lov bank kartasi egasi tomonidan kiritilgan va ijobiy balansga ega bo‘lgan bank kartasi orqali amalga oshiriladi. Bank kartasi egasi Ijrochining xizmatlariga haq to‘lash uchun sozlamalarda bank kartasini o‘zgartirish huquqiga ega.
4.3 Limitdan 1 ta SMSga oshirilganda, umumiy summa boshqa Paketga mos kelsa, Ijrochi cheklovni oshirgan bank kartasi egasidan Paket narxlaridagi farqni undirib oladi va Paketning o‘zgarishi Ijrochining tizimida aks ettiriladi.
4.4. Paketning ushbu o‘zgarishi hisobot oyining oxirigacha amal qiladi. Yangi oy boshlanishi bilan "START" paketi amal qiladi.
4.5. Bank kartasi egasining qulayligi uchun limitga yetgunga qadar 10 ta SMS qoldig‘i mavjud bo‘lganda, Ijrochi bank kartasi egasini qoldiq va limitdan oshish oqibatlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
4.6. Xizmat uchun to‘lovni undirish Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun yetarli miqdordagi pul mablag‘lariga ega bo‘lgan Telegram-botga ulangan bank kartasi egasining bank kartasidan pul mablag‘larini akseptsiz tartibda yechib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4.7. Bank kartasi egasining hisobida yangi Paketni to‘lash uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda, Ijrochi bank kartasi egasiga limitdan tashqari yana 10 ta SMS olish imkoniyatini taqdim etadi, shundan so‘ng Xizmatlarni taqdim etish Paket uchun to‘lov amalga oshirilgunga qadar yoki to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, hisobot oyi tugagunga qadar to‘xtatiladi.
4.8. Xizmat uchun keyingi to‘lovlar birinchi to‘lov amalga oshirilgan oy sanasida bir oyga teng oldindan to‘lov orqali amalga oshiriladi. Agar oxirgi to‘lov 29, 30 yoki 31-kunlarda amalga oshirilgan bo‘lsa va oyda bunday sana bo‘lmasa, u holda oyning oxirgi kalendar kuni hisobga olinadi. Birinchi kalendar oyida Xizmatdan foydalanish uchun to‘lov, Xizmat qaysi sanada faollashtirilganidan qat’i nazar, to‘liq miqdorda yechib olinadi.
4.9. Ijrochi profilaktika ishlari davrida xizmatlar ko‘rsatilmaganligi uchun bank kartasini egasining oldida javobgar bo‘lmaydi.
5. YAKUNIY QOIDALAR
5.1. "PLUM TECHNOLOGIES" AJ amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ushbu Ofertaga istalgan vaqtda o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.2. Bank kartasi egasi ofertada o‘zgarishlar mavjudligini mustaqil ravishda nazorat qilish majburiyatini oladi.
5.3. Ofertaning joriy tahrirlari "PLUM TECHNOLOGIES" AJning www.plumtech.uz internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga bunday o‘zgartirishlar kuchga kirish sanasidan kamida 15 (o‘n besh) ish kuni oldin joylashtiriladi.
5.4. Bank kartasi egasi tomonidan uning shartlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, "PLUM TECHNOLOGIES" AJ istalgan vaqtda bank kartasi egasiga ushbu ofertani qaytarib olish to‘g‘risida xabarnoma yuborish yoki uni "PLUM TECHNOLOGIES" AJ veb-saytida yangi tahrirda e’lon qilish orqali Ofertani qaytarib olishi mumkin. Bank kartasi egasi xabarnoma olgan sanada yoki xabarnoma "PLUM TECHNOLOGIES" AJ veb-saytida e’lon qilingan sanadan boshlab 15 (o‘n besh) ish kuni o‘tgach, oferta qaytarib olingan, shartnoma esa bekor qilingan deb hisoblanadi.