Do‘stlar, eslatib o‘tamiz, Uzcard to‘lov tizimi kartalaridagi tranzaksiyalar haqida xabarnomalar olish uchun yagona rasmiy bot – bu @CardXabarBot.

🚨 Firibgarlar bizning nomimizga o‘xshash, lekin biroz o‘zgartirilgan soxta botlar yaratmoqda. Masalan, @CardXabartBot, @CardHabarBot va shunga o‘xshash nomlar. Ular sizga firibgarlik yo‘li bilan avtorizatsiya kodlarini yuborib, kartalaringizga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin!

 

🔹 O‘zingizni qanday himoya qilish mumkin?

 Botning aniq nomini tekshiring: @CardXabarBot
 Shubhali xabarlardagi kodlarni kiritmang
 Shubhali havolalarga kirmang
 Xabar yuboruvchisining foydalanuvchi nomini tekshiring

 

🔹 Biz hech qachon quyidagilarni BAJARMAYMIZ:

 Karta raqami, amal qilish muddati va CVV-kodni so‘ramaymiz
 Boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaymiz
 Telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot so‘ramaymiz!
 Hech qanday qo‘shimcha ma’lumot talab qilmaymiz

 

📌 Bizning botimizda ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat SMS orqali keladigan OTP-kod talab qilinadi. SMS faqat CARDXABAR nomidan keladi va unda faqat ro‘yxatdan o‘tish uchun kod deb ko’rsatiladi, mablag‘ yechib olish uchun deb ko’rsatilmaydi!

 

O‘zingizni va ma’lumotlaringizni himoya qiling! 🔒