2025-yil 9-iyundan UZCARD to‘lov tizimi SMS-xabar berish xizmatiga muhim yangilanishni joriy qildi.

Endi mijozlar o‘z xohishiga ko‘ra o‘zbek yoki rus tillarida tranzaksiyalar to‘g‘risidagi xabarnomalarni olishlari mumkin bo‘ldi.

 

🟢 Standart holatda xabarnomalar davlat tilida yuboriladi.
Avval tilni o‘zgartirish uchun quyidagi SMS xabarlar jo‘natilishi kerak edi:
🔹 Rus tili uchun — 4800 raqamiga "RU"
🔹 O‘zbek tiliga qaytish uchun — "UZ"

 

Endi esa bot interfeysida tilni almashtirish funksiyasini moslashtirdik!
Siz bot tilini tanlaysiz — va barcha xabarnomalar avtomatik tarzda shu tilda yuboriladi.

 

Oson. Qulay. Siz uchun.