Xabarnomalar tarixi endi botda mavjud!
Moliyaviy harakatlaringiz ustidan to‘liq nazorat — barcha tranzaksiyalar tarixini CardXabarBot orqali ko‘ring.

 

Siz quyidagilarni qilishingiz mumkin:
— Tanlangan davr bo‘yicha xabarnomalar tarixini ko‘rish
Excel formatida yuklab olish
— Xarajatlar va tushumlarni tahlil qilish

 

💡 Eslatma:
Taqdim etilgan ma'lumotlar faqat tanlangan davr uchun CardXabarBot boti orqali olingan xabarnomalarga asoslangan bo‘lib, rasmiy hisob raqami ma'lumotnomasidan (bank kartasi tranzaksiya tafsilotlaridan) farq qilishi mumkin.

 

CardXabarBot bilan moliya ustidan nazorat — oson va qulay!